"Monako" "Galatasaroy" futbolchisiga qiziqib qoldi

  • 4 yanvar, 2019, 00:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyaning "Galatasaroy" klubi yarim himoyachisi Yunes Belanda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Le10Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli marokashlik futbolchiga "Monako"dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda va bu borada turk klubi bilan muzokaralarni ham boshlab yuborgan. Ushbu transfer 6 mln evroga baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Belanda joriy mavsum "Galatasaroy" safida jami 14ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 3ta goliga assistentlik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!