
"Monako" gollar shousida "Lion"dan ustun keldi (video)
Avval xabar berganimizdek kecha Frantsiya chempionatining 24-turida "Monako" o‘z maydonida "Lion"ni qabul qildi. Murosasiz va gollarga boy kechgan turning markaziy bahsida "Monako" 3:2 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Qayd etish kerakki, "Lion" 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, keyin "Monako" hisobni tenglashtirdi. 36-daqiqada Falkao penaltini golga aylantira olmadi. 44-daqiqadan boshlab esa maydon egalari 1 kishi kam bo‘lib harakat qilishdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan barcha gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar