
"Monako" inqirozdan chiqishda "Barselona"cha "taktika"dan foydalanadi
"Monako” klubi ham Evropaning aksariyat jamoalari qo‘llayotgan “taktika”ni qo‘llamoqchi.
L'Equipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, monakoliklar koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqirozdan chiqish uchun futbolchilarning maoshini kamaytirmoqchi. Klub rahbariyati bu borada futbolchilar bilan muzokaralarni boshlab yuborgani aytilmoqda.
Xabarlarga qaraganda, “Monako” futbolchilarning maoshini 50% ga kamaytirmoqchi. "Barselona", "Atletiko" va "Sevilya" klublari esa futbolchilari maoshini 70% ga qisqartirgan edi.
Fikrlar