"Monako" "Yuve" bilan Matyuidi va Rugani borasida muzokara o‘tkazmoqda
"Monako" klubi "Yuventus" ximoyachisi Daniele Rugani va Blez Matyuidini xarid qilmoqchi.
Avvalroq, Rugani "Roma klubiga ijara asosida o‘tishga yaqin turganligi ma’lum bo‘lgandi. "Monako" klubi 25 yoshli futbolchi uchun 35 mln evro to‘lashga tayyor. Bundan tashqari, frantsuzlar Turin klubini tark etish niyatida turgan Blez Matyuidini ham xarid qilishmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, monakoliklar ushbu transfer masalasida Turin klubi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazmoqda.
Rugani 2015 yili "Yuve" futbolchisiga aylangan. Turin klubi ximoyachini "Empoli"dan 5 mln evroga xarid qilgan.
Matyuidi PSJdagi 6 yillik faoliyatidan so‘ng, 2017 yili Italiya klubiga ko‘chib o‘tgan. U "Yuventus" bilan 4 ta yutuqga erishdi. 2 bor chempionatni yutgan bo‘lsa, Kubok va Superkubokni bir marttadan yutdi.

Fikrlar