MOQ Bosh kotibi Osiyo suzish konfederatsiyasi Bosh kotibini qabul qildi

  • 20 sentabr, 2022, 19:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov Osiyo suzish konfederatsiyasi Bosh kotibi Taxa Al Kishri va “Myrtha Pools” kompaniyasi menejeri Antonio Arpayani qabul qildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Suhbatda “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlari va joriy yilning 22-24 sentyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tadigan ochiq havzada suzish bo‘yicha Osiyo chempionatiga olib borilayotgan tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

MOQ Bosh kotibi janob Al Kishrini qabul qilar ekan, uni mamlakatimizda yana bir bor ko‘rib turganidan bag‘oyat mamnun ekanini bildirdi. Oybek Omilovich 2025 yil poytaxtimizda o‘tadigan IV yoshlar Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan nazorat qilib borilayotganini aytib, unga har tomonlama puxta hozirlik ko‘rish, quriladigan sport ob’ektlari jahon standartlarining barcha talablariga javob berishi kerakligini ta’kidladi.

Bu borada musobaqa uchun o‘z loyihasini taqdim qilgan “Myrtha Pools” kompaniyasi vakili bilan ham alohida fikr almashildi. Oybek Kasimov italiyalik mutaxassisga taklif uchun minnatdorchilik bildirib, loyihalar mas’ul mutasaddilar bilan o‘rganib chiqilishini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida, Taxa Al Kishri yurtimizda sportning jadal suratlarda rivojlanib borayotganiga alohida to‘xtaldi. Xususan, 2 kundan so‘ng Samarqandda start oladigan qit’a birinchiligiga tayyorgarlik haqida iliq fikrlarini bildirib, kelgusida hamkorlikning yangi bosqichlarini muhokama qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!