Morata “Chelsi”da nechanchi raqamda to‘p suradi?
Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata “Chelsi” bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergan edik. “Aristokratlar” rasmiy saytida yozilishicha, Alvaro yangi jamoasi safida 9-raqam ostida to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” ispan forvardi bilan besh yillik shartnoma imzolagan edi. Sky Sports nashri esa ushbu transferni 70 mln funtga baholadi.
Ma’lumot uchun, Morata yakunlangan mavsumda “Real” safida La Ligada 26 ta bahsda maydonga tushdi va 15 ta gol kiritib, 4 golga assistentlik qildi.

Fikrlar