
Morata faoliyatini Osiyoda davom ettiradigan bo‘ldi
"Atletiko" va Ispaniya hujumchisi Alvaro Morata faoliyatini Osiyoda davom ettiradigan bo‘ldi. Uning keyingi manzili Saudiya Arabistoni bo‘ladi.
"Relevo" nashri xabar berishicha, "Al-Qodisiya" 31 yoshli straykerni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Ayni paytda tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlangan va ushbu transfer 15 million evroga amalga oshishi mumkin.
Morataning maoshi 50 million evro bo‘lishi kutilmoqda. Bu klub yaqindagina Nacho bilan shartnoma imzolagandi. Endi Alvaroni ham o‘z tarkibiga olib kelmoqda.
"Matraschilar" Morata o‘rniga hujumchi izlashni allaqachon boshlagandi va bu borada "Jirona" hujumchisi Artyom Dovbik favorit bo‘lib turibdi. Ukrainalik futbolchi uchun "Atletiko" 40 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Fikrlar