Morata Saudiyadan kelgan taklifni rad qildi

  • 03.07.2024 05:55
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Avvalroq, Alvaro Morataga Saudiyaning "Al-Qodisiya" klubi qiziqish bildirayotgani borasida xabarlar tarqalgandi. Futbolchi bu taklifni rad qildi, deya ma’lum qilmoqda insayder Fabritsio Romano. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, ispaniyalik hujumchi "Atletiko"da qolishga qaror qilgan. U keyingi mavsumni ham madridliklar safida o‘tkazmoqchi. "Men bu libosda g‘alabalar qozonish qanday ekanligini tasvirlab bera olmayman", - dedi Morata. 

Agarda Morata qolishni istayotgan bo‘lsa, Artyom Dovbikning "matraschilar"ga transferi barbod bo‘ladi. Sababi, tomonlar aynan 31 yoshli straykerni Saudiyaga yo‘l olganidan keyin ukrainalik hujumchi borasida kelishib olishlari kutilayotgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!