
Moura EChLda hafta futbolchisi deb topildi
Londonning "Tottenxem" klubi forvardi Lukas Moura Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, braziliyalik futbolchi "Ayaks"ga (3:2) qarshi bo‘lib o‘tgan Amsterdamdagi o‘yinda xet-trik qayd etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, nomzodlar orasida shuningdek Mussa Sissoko ("Tottenxem"), Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul") va Jorjino Veynaldum ("Liverpul") kabi futbolchilar ham bor edi.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” va “Tottenxem” jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi 1 iyun kuni Madriddagi “Vanda Metropolitano” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar