Mourinьo 140 million evrolik futbolchidan foydalanmaydigan bo‘lyapti
Ispaniyaning mashhur sport nashri - Marca jurnalistlari «Real»ning Ispaniya chempionati birinchi turidagi «Espanyol»ga qarshi uchrashuvi uchun taxminiy tarkibini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo uchrashuvni quyidagi futbolchilar bilan boshlashi kutilmoqda: Kurtua, Aleksander-Arnold, Konate, Xöysen, Karreras, Valverde, Silva, Dias, Gyuler, Vinisius, Mbappe.
Shu tariqa, uchrashuvni zahirada boshlashi kutilayotgan futbolchilar orasida klub tarixidagi eng qimmat transfer — hujumchi Yan Diomande ham bor. U uchun madridliklar «RB Leyptsig» jamoasiga 140 million yevro to‘lagan edi.
Shuningdek, mavsum oldidan yarim himoyachi Jud Bellingem asosiy tarkibdagi «temir» futbolchilardan biri bo‘lishi kutilgan, ammo u zahirada qoladigan bo‘lyapti. Mourinyo uni maydonda «o‘ninchi raqam» pozitsiyasida qo‘llashni rejalashtirgan edi.

Fikrlar