Mourinьo Bellingem masalasida Arbeloa xatosini takrorlamasligini aytdi
Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu jamoa yarim himoyachisi Jud Bellingemning maydondagi taktik vazifalari haqida fikr bildirdi.
23 yoshli angliyalik futbolchi mavsum boshidanoq portugal mutaxassisi qo‘l ostida o‘zini ko‘rsatmoqda. La Liganing dastlabki uch uchrashuvida u ikki gol urib, yana ikki golga assistentlik qildi. Yakshanba kuni Bellingem «Malaga»ga qarshi bahsda (4:0) ham o‘z hissasini qo‘shib, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
«O‘tgan mavsumda biz «Benfika» bilan «Real»ga qarshi o‘ynaganimizda, himoyada Bellingem deyarli qo‘shimcha chap himoyachiga aylanib qolishini payqagandim. O‘shanda biz («Benfika») bu holatdan o‘z manfaatimiz yo‘lida foydalangan edik. Endi esa men shu yerdaman va bunday manzarani ko‘rishni istamayman», – deya ta’kidladi Mourin'yu matbuot anjumanida.
«Real» Ispaniya chempionatida uch turdan so‘ng maksimal natija qayd etdi – jamoa to‘liq to‘qqiz ochko jamg‘argan.

Fikrlar