Mourin'yo: "Men Diomande bilan shartnoma tuzishni soʻramaganman"

  • 20.08.2026 13:42
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yosh ivuar hujumchisi Yan Diomande klubga qo‘shilgani haqida jurnalistlar bilan suhbatda fikr bildirdi.

 

Mourinyoning ta’kidlashicha, u dastlab klub rahbariyatidan aynan shu futbolchini olib berishni so‘ramagan. Biroq mutaxassisning aytishicha, Diomandening o‘yin uslubi va imkoniyatlarini chuqur o‘rganib chiqqanidan so‘ng, uni jamoasida ko‘rish istagi paydo bo‘lgan.

 

«Menga Yanning ikki qanotda birdek o‘ynay olishi juda yoqadi», – dedi Mourinyo Sport.es nashriga bergan intervyusida.

 

Eslatib o‘tamiz, bu yozda Yan Diomande rasmiy «RB Leyptsig» klubidan madridlik «Real» safiga o‘tdi. «Qirollik klubi» 19 yoshli hujumchi uchun bonuslarni hisobga olgan holda taxminan 140 million yevro to‘ladi. Bu summa «Real» tarixidagi eng qimmat transfer sifatida qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!