Mourin'yo "Real"ga Rodri nega kerak emasligini tushuntirdi

  • 21.08.2026 18:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourin'yu «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining madridliklar safiga o‘ta olmagani haqida fikr bildirdi.

— Rodrini olish biz uchun hayotiy zarurat emasdi. Bu chiziqda yetishmovchilik yo‘q, u ko‘proq «tort ustidagi gilos» bo‘lardi. Bizda Tchuameni, Kamavinga, Valverde, Bernardu bor, vaqt o‘tishi bilan Arda ham shu pozitsiyada o‘ynay oladi, — deya Mourin'yuning so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltiradi.

Avvalroq «Real» Rodriga jiddiy qiziqish bildirgani va uni transfer orqali olib kelishga urin'gani xabar qilingan edi. Ammo natijada ispaniyalik futbolchi «Manchester Siti»ni tark etib, «Barselona» bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi.

«Real» yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 22 avgust kuni La Ligada o‘tkazadi. O‘sha kuni Mourin'yu shogirdlari safarda «Espan'ol»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!