Mourin'yo Rodri bilan bog'liq vaziyatdan shokka tushdi

  • 07.08.2026 07:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourin'yu «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining ehtimoliy transferi atrofidagi vaziyatdan qattiq hayratda qolgani aytilmoqda.

Jurnalist Serxio Valentinning ma'lum qilishicha, futbolchining agenti Jorje Mendes muzokaralar qanday kechgani haqida batafsil ma'lumotni portugaliyalik mutaxassisga yetkazgan. 

Uning ta'kidlashicha, Mourin'yu «Real» transferni yakunlamay qolganidan juda ajablangan, chunki klub Rodrining o'zi bilan allaqachon kelishuvga erishgan, «Manchester Siti» bilan ham bitimga yaqin turgan edi.

— Mendes hammasini Mourin'yoga aytdi va Joze shok holatida qoldi, — deb yozadi Serxio Valentin.

Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, Rodri karyerasini davom ettirish uchun «Barselona» variantini tanlashga moyil.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!