Mourin'yo 12 yildan beri bir to'siqdan o'tolmayapti

  • 26.02.2026 11:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yevropa Chempionlar ligasi pley-offida “Real”ga to‘qnash kelgan “Benfika” har ikki uchrashuvda ham madridliklarga imkoniyatni boy berib, musobaqadan chiqib ketishga majbur bo‘ldi.

Shu  tariqa, “Benfika” bosh murabbiyi Joze Mourinyo o‘zi boshqargan jamoalar bilan birga Chempionlar ligasi pley-offidagi so‘nggi 10 ta o‘yning birortasida ham g‘alaba qozona olmadi. Uning oxirgi g‘alabasi 2014 yilda “Chelsi” bilan qo‘lga kiritilgan. Bu haqida Stats Foot statistika markazi o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Mourinyoning ko‘rsatkich turmush tarixida murabbiy uchun pley-off bosqichidagi eng uzoq g‘alabasiz seriya hisoblanadi.

Joze Mourinyo “Benfika”ni 2025 yilning oxiridan beri boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!