Mourino 120 million evrodan voz kechdi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinoga hamon turli jamoalarni boshqarish bo‘yicha takliflar kelishda davom etmoqda.
Xususan, portugaliyalik mutaxassisga Saudiya Arabistonidan chorlov ko‘p. Mourino bu mamlakatning bir necha klublaridan taklif oldi, biroq ularga ijobiy javob bergani yo‘q.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, yaqinda Mourinoga 120 million evrolik taklif tushdi. Buning evaziga Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqarish kerakligi aytildi.
Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik murabbiy bu chorlovga ham rad javobini berib, 120 million evrolik daromaddan voz kechdi.

Fikrlar