Mourinyo Amorim MYUdan ketishiga munosabat bildirdi
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyo "qizil iblislar" safidagi hamyurti Ruben Amorimning isteʼfosi haqidagi savolga javob qaytardi. Mankunianlar 5 yanvar, dushanba kuni Amorim bilan hamkorlikni toʻxtatganini eʼlon qildi.
- Ruben Amorim ishdan boʻshatildi. U boshidan kechirgan vaziyatni tushunasizmi?
- Har bir murabbiy oʻzi uchun oʻzi javob beradi. "Manchester Yunayted"dagi faoliyatimni yaxshi bilaman. Albatta, ketishim sababini ham bilaman. Ammo har qanday klubdan ketayotganda, eshikni yopaman, nima boʻlganini izohlamayman, chetdan turib tahlil qilmayman.
Bir eshikni yopaman, keyin ikkinchisi ochiladi. "Manchester Yunayted"dan ketganimda shunday boʻlgandi. Tarix oʻsha yerda qoldi, raqamlar oʻsha yerda qoldi, men qoʻlga kiritgan uchta APL medali uyga qaytdi, xolos.
Shu bir yarim yil, taxminan 14 oy ichida Ruben bilan sodir boʻlgan holatni faqat Rubenning oʻzi tahlil qila oladi. Bilmadim, u vaziyatga oʻz nuqtai nazarini eʼlon qiladimi yoki yoʻqmi", - deya Mourinyoning soʻzlarini keltiradi A Bola.
Fikrlar