
Mourino bir hujumchidan qutilish arafasida turibdi
“Roma” rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourinoga kerak bo‘lmaydigan hujumkor futbolchi Jastin Klyuyvertdan qutilishga yaqin turibdi.
Niderlandiyalik futbolchi yaqinda “Fulxem” taklifini qabul qilib, angliyaliklar bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.
Endi “Fulxem” va “Roma” o‘rtasidagi transfer muzokaralari ham muvaffaqiyatli yakunashga yaqin turibdi.
Unga ko‘ra, angliyaliklar 23 yoshli hujumchini bir mavsum ijaraad o‘ynatib, kelasi yili 12 million evroga sotib oladi. Shuningdek, “Fulxem” turli ko‘rinishdagi bonuslar to‘lashi ham kelishilgan.
Jastin Klyuyvert “bo‘rilar” safida oxirgi marotaba 2020 yilda to‘p tepgan. Futbolchi keyingi mavsumlarni “Leyptsig” va “Nitstsa” jamoalarida ijarada o‘tkazdi.
Fikrlar