Mourino “Chelsi”ga o‘tadimi?

  • 23.08.2022 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” mavsumni kutilganidek boshlay olmadi. Tomas Tuxel shogirdlari ilk turda g‘alaba qozonganiga qaramay, keyingi ikki uchrashuvda durang va mag‘lubiyat qayd etdi.

“Aristokratlar” uchinchi turda “Lids”dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, Angliya matbuotida Joze Mourinoni bosh murabbiylikka qaytarish borasida xabarlar chiqa boshladi.

BBC Sport jurnalistlari “Roma” bosh murabbiyi bilan bog‘lanib, uning “Chelsi”ga qaytishi imkoniyatlariga oydinlik kiritdi.

- “Chelsi”ga qaytishimni so‘rayapsizlarmi? Hozir jamoani ajoyib murabbiy boshqarmoqda va men biror nima bilan yordam bera olmasam kerak. Murabbiylik o‘ziga xos ish, “Chelsi”ning ahvoli o‘nglanishiga ishonchim komil. Hozir bor fikru xayolim Italiya va “Roma”ga bog‘langan.

Qachondir “Chelsi”ga qaytishim mumkinmi? Hamma mening bu klubga bo‘lgan munosabatimni yaxshi biladi. Shunday ekan hamma narsa bo‘lishi mumkin, - dedi Joze. Mourino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Восток
23/08/2022 16:54
Элдор билан утадими