Mourino eng zo‘r yarim himoyachi kimligini aytdi

  • 28 dekabr, 2016, 10:14
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinoning so‘zlariga ko‘ra, Pol Pogbani yorqin kelajak kutmoqda.

Tecno

“Odamlar “Oltin to‘p”ga bo‘lgan munosabatlarini o‘zgartirishi mumkin. Agar Siz hujumchi bo‘lmas ekansiz, ayni damda ushbu mukofotni qo‘lga kiritishingiz amri mahol. Frants Bekkenbauer, Fabio Kannavaro va hattoki Luish Figuning uni qo‘lga kiritgani shunchaki mo‘’jiza.

Agar oldingidek bo‘lsa, Pol Pogba sovrinni yutishi mumkin. U yarim himoyachi, hujumchi emas, ammo juda ko‘p gol uradi, chunki unda shunday iqtidor bor. Garchi shunday bo‘lsada, men uni jahonning eng yaxshi yarim himoyachisi deb hisoblayman”, – deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi SFR Sport nashri.

Pogba “MYu” safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!