Mourino eshityapsanmi, bu futbolchi Rimga bormaydi!

  • 05.11.2021 17:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol

Joze Mourino boshchiligidagi “Roma” muxlislar ishonchini yo‘qota boshladi. Hatto Norvegiyadagi 1:6 hisobida alamli mag‘lubiyatdan keyin ham portugaliyalik mutaxassisni hech ikkilanishsiz qo‘llab-quvvatlab kelgan rimlik futbol ishqibozlari “Olimpiko” arenasidagi “Budyo-Glimt”ga qarshi ikkinchi bahsda yana bir mag‘lubiyatdan bazo‘r qutilib qolgan Joze Mourinoga hushtakbozlik qilishdi.

Futbol mutaxassislari Joze Mourino avvalgi mavqeidan uzoqlashib ketganini ta’kidlay boshladi. Portugaliyalik mutaxassis mag‘lubiyatlar sababini o‘zidan, qo‘llayotgan uslubidan qidirish o‘rniga hakamlarni ayblash va tarkibda yuqori malakali o‘yinchilar etishmayotganidan nolish bilan band.

101226_m

Mourino jangovar jamoa tuzish uchun qimmatbaho yulduzlarni olib kelishni talab qilmoqda. Xususan, u klub rahbariyatidag “Chelsi” o‘yinchilari Antonio Ryudiger va Tomas Tuxel qo‘l ostida o‘yini ochilib borayotgan Ruben Loftus-Chikni olishni so‘rayapti. Lekin Jozening bu istaklarini amalga oshirish oson bo‘lmaydi.

Germaniyalik himoyachi “Chelsi” bilan hali yangi bitim imzolamadi. Shunga qaramay, “Roma”dan bir necha baravar baquvvat va badavlat klublarning bir nechtasi Ryudigerni katta maosh borasidagi so‘rovlarini qondirishga tayyor turibdi. Mourino bu borada Antonio avval Rimda o‘ynagani bois, uni olib kelishning imkon bor, deb hisoblayapti. Ryudiger 2015-2017 yillari “Roma” a’zosi bo‘lgan va aynan shu jamoadan “Chelsi”ga transfer qilingan.  

Mourino ikkinchi nishon – Ruben Loftus-Chik italyancha futbol uslubiga mos tushishini ta’kidlamoqda. U Ruben yordamida maydon markazini sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. Joze eski aloqalari orqali bu transferni uddalashni rejalashtirgan. Rejaga ko‘ra, Loftus-Chik yanvar oyida Rimga olib kelinishi kerak.

Portugaliyalik mutaxassis Temmi Abraxam transferi muvaffaqiyatli amalga oshirilgani bois, “aristokratlar”dan yana o‘yinchi olish imkoni bor, deb o‘ylaydi. Lekin Abraxam ham keyingi paytda o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish qila olmayapti. Xuddi shu gapni Eldor Shomurodov haqida ham aytish mumkin. Mourinoning hujumga olgan o‘yinchilari ishonchni oqlamay qo‘ydi.

a7b8e877cf6f628b439ee5a017160efd

Darhaqiqat, “Chelsi” mutasaddilari Mourino ularning o‘yinchilariga “ko‘z olaytirayotgani”ni yaxshi biladi. Jamoa muxlislari bu haqida xabar tarqalganidan keyin o‘z davrida “Chelsi”ni uch marta chempion qilgan Mourinodan norozi bo‘lmoqda.

Londonning ashaddiy fanatlari ijtimoiy tarmoqlar orqali Mourinoga murojaat yo‘llamoqda. The Chelsea Chronicle nashri bu masalada o‘rganish o‘tkazdi. Unga ko‘ra, “Chelsi” muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda “Loftus-Chik hech qaerga ketmaydi!”, “Joze eshityapsanmi, biz Loftus Chikning transfer qilinishiga yo‘l qo‘ymaymiz!”, “Ruben ketmaydi, u bizga kerak!” , “Joze, Rubendan boshqasini top!” qabilidagi fikrlarni ilgari surmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish kerakki, bungacha o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni qisqa fursatda uddalab kelgan Joze Mourino “Roma”ni grand klublar qatoriga qo‘shishga qiynalmoqda. A Seriyada rimliklar o‘zi to‘qnash kelgan asosiy raqobatchilari – “Yuventus”, “Latsio”, “Milan”ga yutqazdi, “Napoli” bilan ochko bo‘lishishga majbur bo‘ldi.

Xalqaro miqyosdagi turnirda Norvegiyaning kamtargina klubi “Budyo-Glimt”ga ikki uchrashuvda ham bas kela olmadi. Bu ketishda Konferentsiyalar ligasi bosh sovrini ham armon bo‘lib qolishi hech gap emas. Chunki, Mourino vaziyatdan chiqish yo‘lini topa olgani yo‘q. U masalani qimmatbaho o‘yinchilarni olib kelish orqali hal qilmoqchi. Biroq, Evropaning boshqa grand klublaridan tinmay taklif olayotgan Antonio Ryudiger, Luis Dias, Denis Zakariya, Edinson Kavani, Nacho Fernandes, Dani Sebalos kabi yulduzlar xarakteri og‘ir, qaysar va fikri birdan salbiy tomonga o‘zgarib qolishi mumkin bo‘lgan Mourinoning taklifini qabul qilarmikin?

shooomaaa

Aziz muxlislar siz nima deb o‘ylaysiz, Mourino “Roma”ni katta maqsadlar sari etaklay oladimi? Zaxiraga o‘tirib qolgan Eldor Shomurodovning “Roma”da kelajagi bormi?

Fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdusharif
05/11/2021 09:54
Joze mourinyoning taktikasi eskirdi uning uslubi hozirgi zamonaviy futbolga mos kelmagani sababli u omadsizlikka uchrayapti
Mirjalol Mirzayev
05/11/2021 10:55
Аваломбор Ассалому алейкум дослар моуринони
Тактикаси ескирди буни хамма корип турипди тотехимданам тактикаси иш бермагани учун кеткан тогироги халдалган буни рома дериктирлари корип билип турип чакиришди шомуродов келсак ромага мосмас менга колса севилья га отишини хохлардим испания боп ойинчи романи ойинини корип мазза кимиман бе тартиб хужимга отади вактида пас беришни билишмеди кизганиш бор а испания да бошкача мухид уларди ойинини корсез арзиди
&
Rescara
05/11/2021 15:03
Элдорни рома утишини узи катта хато эди. Яна 1 йил женоада колиши керак эди. Моуриньо эгоист одам. Канча зур уйинчилани захирага михлаб синдирган. Моур уже эски замон.
Baxil Alihuja
05/11/2021 11:32
Жозе узбек амалдорларига ухшаб колибди! Бахонакаш! Биздаги амалдорлар хам яхши мутахассис йук деб бахона килади-ю, узи хам яхши эмаслиги, ходимларни танлашни ва тайёрлашни билмаслигини тан олмайди.
Абдурахман Садыков
05/11/2021 13:35
Ассалому алейкум. Фикрларилага кушилган холда Жозенинг хотолари куп. Элдор
зур хужимчи унга пас берадиган уйинчилар
йук. Хамма уйинчилар
узи гол уришни хохлагани учун, узи учун узи харакат киляпти. Захирадан
10мин.тушрилиши кам
деб хисобламан. Темми
эса 70.80 дакикада уйнаб узини курсата олмаяпти.