Mourino faoliyatidagi eng omadsiz mavsum qaysiligini aytdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Roma“ bosh murabbiyi Joze Mourino faoliyatidagi eng omadsiz mavsum haqida gapirib o‘tdi. Aytishicha, uning jamoasi o‘sha paytda jahonning eng kuchlisi bo‘lgan.

“Agar men omadsiz mavsum haqida gapiradigan bo‘lsam, hech ikkilanmay 2012 yilgi mavsumni aytaman. O‘sha yili biz "Real" bilan Ispaniyada super natija qayd etganmiz. 

La Ligadagi deyarli barcha rekordlarni yangilay olganmiz. Biroq EChLda, hatto finalga chiqa olmaganmiz.

Ishonchim komil, biz u paytda eng kuchli klub edik. Bunga aslo shubha qilmayman. Agar yana bir imkonimiz bo‘lganda, biz shu yili EChLda ham g‘alaba qozonardik“, - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!