Mourino g‘alabadan so‘ng, Shomurodov va Abraxamni solishtirdi!

  • 23 avgust, 2021, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Konferentsiyalar ligasi ortidan uzoq davom etadigan A Seriya o‘yinlari ham “Roma”, Joze Mourino va Eldor Shomurodov uchun omadli boshlandi.

Tecno

Portugaliyalik mutaxassis o‘ziga xos usulda hammani hayron qoldirdi. Ketma-ket uchta uchrashuvda gol urib, asosiy hujumchiga aylanib borayotgan Eldor Shomurodovni zaxirada qoldirib, hali umumiy guruh bilan birorta mashg‘ulotda qatnashmagan va nazorat o‘yinida ham to‘p tepmagan Temmi Abraxamni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi.

Ta’kidlash lozimki, angliyalik hujumchi ham maqtashganicha bor ekan. U xuddi azaldan “Olimpiko” stadionida futbol o‘ynab yurgandek to‘p tepdi, uchrashuv boshidanoq raqib himoyachilariga bosim o‘tkaza boshladi. Mourino yana futbolchi tanlash mahoratini namoyish etib qo‘ydi.

Aynan Abraxam uchrashuvning 17-daqiqasida tezkor hujumga o‘tib, raqib darvozabonini o‘ziga nisbatan qoida buzishga majbur qildi. Buning oqibatida hakam mehmonlar posbonini maydondan haydadi. Adolatli qaror bo‘ldi. Futbolchilar sonidagi ustunlik tezda samara berdi. Vaziyat qahramoni yana Temmi. U uch raqibni o‘ziga qaratib, Genrix Mxitaryanga golli pas oshirdi.

234501_m

Ikkinchi bo‘limda hakam futbolchilar sonini tenglashtirib qo‘ydi. “Roma” etakchisi Nikolo Dzanolo ikkinchi ogohlantirishni olib, 52-daqiqada maydonni tark etdi. “Fiorentina”  qisqa fursatda Nikola Milenkovich hisobdagi farqni yo‘qqa chiqardi.

Oradan besh daqiqa o‘tib, Temmi Abraxam bu gal Jordan Veretuni golli pas bilan ta’minladi va mezbonlar yana hisobda oldinga chiqib oldi.

Shomurodov o‘yinga uchrashuvning 69-daqiqada qo‘shildi. U Temmi Abraxam o‘rniga maydonga tushdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib, aynan o‘zbek hujumchisi o‘z harakatlari bilan uchrashuv g‘olibi masalasiga oydinlik kiritdi. Eldor raqib maydonchasi tomonida Igordan to‘pni  olib qo‘ydi va uning aqlli to‘p uzatishi o‘qiy olgan Jordan Veretu dubl qayd etib, g‘alabani mustahkamlab qo‘ydi -  3:1.

Eldor o‘ziga taqdim etilgan qisqa vaqt davomida ham gol urishi mumkin edi. Legionerimizning darvoza tomon aniq borayotgan zarbasini “Fiorentina”ning ikkinchi  posboni Petro Terrachiano mahorat bilan to‘sib qoldi.

shooomaaa

Debyut uchrashuvidagi g‘alabadan so‘ng, Joze Mourino o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Etarli darajada yaxshi harakat qila olmaganimizga qaramay, o‘yin juda ajoyib bo‘ldi. Biz 11 ga 11, 10 ga 10 o‘ynaganda zo‘r ko‘rindik, lekin bir kishi ko‘p bo‘lib to‘p tepganimizda bunday bo‘lmadi.

Ana shu vaziyatda mo‘ljalimizni yo‘qotib qo‘ydik va pressing qo‘llashga qiynaldik. Dzanoloni yo‘qotganimizdan keyingina o‘yinga qayta oldik va ikkita gol urganimizdan keyin o‘yinni o‘z nazoratimizga oldik.

Kimnidir zaxira o‘rindig‘ida qoldirish oson emas. Lekin Shomurodov chap qanotda ham, Abraxam bilan jutflikda hujumda ham o‘ynashga qodir. Eldor bo‘sh hududlarda raqib uchun juda katta xavf soladi, Temmi esa ko‘pincha “ustun” vazifasini bajarib beradi. U charchab qolmagan taqdirda ham, bir necha daqiqadan keyin o‘rniga Shomurodovni baribir tushirardim.

Hozircha, ulardan hech biri mavsumoldi yig‘inlarining ilk kunidan boshlab ishlagan futbolchilarday etarli darajada jismoniy tayyorgarlikka ega emas. Shu bois, hujumchi ortida Lorentso Pellegrinini o‘ynatdim.

Hakamlar har bir qarorda adolatli bo‘ldi. VAR ba’zan hal qiluvchi ahamiyatga ega kichkina xatolarni topishga yordam bermoqda.

Uchrashuvdan so‘ng, raqiblar ustozi Vinchentso Italyanoning yoniga borib, “Fiorentina” zo‘r murabbiy topganini aytdim, - dedi Joze Mourino.

1629665198_roma

Shunday qilib, “Roma” A Seriyadagi birinchi uch ochkosini qo‘lga kiritdi. Endi Joze Mourino shogirdlari 29 avgust kuni yuqori liga debyutanti “Salernitana” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
23/08/2021 10:54
Абраҳамнинг техникаси юқори,яний дреблингларни кўп ишлатади.Шомуродов эса таран ва кроссчи.Кўпроқ рақиб ҳимоясини куч билан ёриб ўтиб тезда қочиб кетишга ҳаракат қилади.Кечаги голлий узатмамада ҳам,жисмоний кучга таянди.Омад Шомуродов!
Jumaniyazov Sherali
23/08/2021 11:16
Агар Элдор иккинчи уринишда хам гол урганда вазият бошкача булар эди.Менимча Элдорга вакт етмади.Абрахам хакикатанам тезкор хужумчи экан.
Jumaniyazov Sherali
23/08/2021 11:16
Агар Элдор иккинчи уринишда хам гол урганда вазият бошкача булар эди.Менимча Элдорга вакт етмади.Абрахам хакикатанам тезкор хужумчи экан.
&
Ашуров Бахтийор
23/08/2021 12:14
Ўша сиз айтган иккинчи вазиятда Шомуродов тўғри қарор қабул қилган эди.Тўпни дарвозабонни устидан ошириб қўймоқчи бўлди.Шунчаки ўша пайтла омад етишмади.Абраҳамни эса техникаси хақиқатдан ҳам, юқори экан.Шу билан бирга тез қарор қабул қиладиган ҳужумчи экан.Шунинг учун ҳам Мауринио; уни бир жойда қотиб қолади -деди.Бундай футболчилар ўз техникасига кўп ишониб қолиш оқибатида ёки вақтдан ютқазади ёки тўпни йўқотиб қўяди. Лекин тезлик борасида мақтана олмайди.
Sattorov Xayriddin
23/08/2021 19:05
Eldorga italiya osnmas xoli