
Mourino g‘azabiga duchyor bo‘lgan futbolchining bozori yurishib ketdi
Joze Mourino bilan suhbatdan so‘ng, Tottenxem”da o‘ynamasligini bildirgan frantsiyalik Tangi Ndombele birdaniga bir nechta klubdan taklif oldi.
23 yoshli yarim himoyachini “Barselona”, “Bavariya” va PSJ o‘z tarkibiga chorlamoqda.
Aslida bu klublar o‘tgan yili ham Tangiga xaridor bo‘lgandi. O‘shanda futbolchi “Tottenxem”ni tanlagandi. 62 million evro evaziga “Tottenxem”ga o‘tgan Tangi klub tarixidagi eng katta transfer sohibi sanaladi.
“Tottenxem”dagi vaziyatni kuzatib borayotganlar Joze Mourino va Tangini yarashtirish imkonsiz ekanini aytishmoqda.
Fikrlar