Mourino mag‘lubiyatdan so‘ng “Manchester Yunayted”dan futbolchi olishga qaror qildi

  • 21 sentabr, 2021, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning navbatdagi turida “Verona”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv “Roma”ning ayrim kamchiliklarini ko‘rsatib berdi. Ketma-ket oltita g‘alabadan so‘ng  mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan Mourino himoya chizig‘ini mustahkamlashga qaror qildi.

Tecno

Portugaliyalik murabbiy himoyaga o‘zi yoqtirgan hamyurti Diogu Dalotni olib kelmoqchi. “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher bu futbolchiga asosiy tarkibdan joy topib berolmayapti.

O‘yin amaliyotisiz qolayotgani bois terma jamoadan chaqiruv olmasligi va 2022 yilgi jahon chempionatidan chetda qolishdan xavotirga tushgan Dalotning o‘zi ham Manchesterni tark etishga qarshi emas. Bu futbolchi o‘tgan yili ijara asosida “Milan”da to‘p surdi va A Seriya bilan juda yaxshi tanish.  

Rimliklar Dalotni keyinchalik sotib olish huquqi bilan yanvarda ijaraga olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
21/09/2021 22:16
Химояни кучайтир Жозе. Химоя Атти экан Ромада.