Mourino o‘zi haydagan Shvaynshtaygerdan nimani so‘radi?
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa kelishi bilan asosiy tarkibdan haydalgan tajribali yarim himoyachi Bastian Shvaynshtaygerga katta umid bildirayotganini e’lon qildi.
- Men Bastianning jamoada qolishiga umid qilaman, - deydi Joze Mourino. - Shvaynshtayger kelajakka oid rejalarini ko‘tarib, men ketaman, deb eshik qoqmagunicha bizga kerak bo‘lib qolaveradi. Mavus davomida o‘yinlar ko‘p, lekin zaxiradagi o‘yinchilarimiz etarli darajada emas.
Shunday bo‘lsa-da, Bastian Shvaynshtayger Mourino qo‘l ostida to‘p surish "lazzatidan" bahramand bo‘lgani yo‘q. Germaniyalik jahon chempioni bir marotayua Liga kubogida to‘rt daqiqa o‘ynadi xolos.


Fikrlar