Mourin'yo – “Real” bosh murabbiyi...
Madridning “Real” klubi portugalialik mutaxassis Joze Mourin'oni bosh murabbiy etib tayinlash bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqida insayder Sasha Tavolieri ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv to‘liq yakunlangan va rasmiy e'lon kelasi haftada amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourin'yu avval ham “Real”ni 2010–2013 yillar oralig‘ida boshqargan.
U madridliklar bilan Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Hozirda mutaxassis Lissabonning “Benfika” klubida ishlamoqda. OAV xabariga ko‘ra, Portugaliya klubi Mourin'oni “Real”ga qo‘yib yuborishga rozilik bergan.

Fikrlar