Mourin'yo “Real” yulduzi transferi blokladi
Joze Mourinyo “Real” yarim himoyachisi Federico Valverdening “Manchester Yunayted”ga o‘tishiga qarshi chiqdi. Bu haqida Football Insider xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Mourinyo Valverdeni jamoadagi daxlsiz futbolchilardan biri, deb hisoblaydi va “Manchester Yunayted”ning jiddiy qiziqishiga qaramay, uni kelasi yozda qo‘yib yubormoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Valverde Orelien Tchuameni bilan mushtlashib ketgani, natijada urugvaylik futbolchi shifoxonaga tushib qolgani va bir nechta mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Bu mojarodan keyin “Qirollik klubi” boshqalarga namuna bo‘lish uchun Federico Valverdeni sotib yubormochi bo‘layotgan edi.
Ushbu mavsumda 27 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar