
Mourino: "Real" zo‘r edi, "MYu" unday o‘ynalmaydi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning o‘yin uslubi haqida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning fikricha, "Manchester Yunayted" o‘yin uslubining asosiy xususiyati - to‘pni uzoq ushlab turish doim ham samara bermaydi. Futbolda eng asosiy omil gol urish va g‘alaba qozonish.
- Odamlarning aksariyati gollar soni to‘pni jamoada ushlab turish miqdoriga bog‘liq emasliginii tushinmaydi, - dedi Joe Mourino. - Ko‘pchilik asosiy maqsad gol urish va g‘alaba qozonish ekanini unutib qo‘ymoqda. "Real" men boshqargan paytda bir mavsumda 121 ta gol urib tarixiy rekord o‘rnatgan. O‘sha jamoa eng tezkor bo‘lgan.
Mourino "Manchester Yunayted" tezkor o‘yin ko‘rsatolmasligini bu jamoada katta tezlikka ega futbolchilarning yo‘qligi va aksariyat o‘yinchilar maydondagi ustunligini ko‘rsatish uchun to‘pni o‘zida ushlab turishni xush ko‘rishi bilan izohladi.
Fikrlar