Mourin'yo "Real"dan Oliseni sotib olishni so'radi
Portugaliyalik mutaxassis o‘z pozitsiyasini bildirdi
Frantsiya terma jamoasi va Myunxenning "Bavariya" klubi vingeri Maykl Olise "Real"ning transfer maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi.
"The Telegraph" nashri xabariga ko‘ra, "qirollik klubi"ning ehtimoliy yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo ushbu transfer bo‘yicha o‘z pozitsiyasini rahbariyatga ma’lum qilgan.
Portugaliyalik mutaxassis Oliseni jamoaga olib kelish zarurligini ta’kidlagan. "Maxsus" laqabi bilan tanilgan murabbiy fransuz futbolchisini yangi loyihaning muhim qismi sifatida ko‘rmoqda.
24 yoshli vingerning bozor qiymati Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 150 million yevroga baholanmoqda. Uning "Bavariya" bilan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.
Olise o‘tgan Bundesliga mavsumida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Izohlar (0)