Mourino terma jamoada ishlashi mumkin

  • 09.01.2023 13:15
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik sobiq futbolchi Karlos Alberto portugaliyalik murabbiy Joze Mourino Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallashi mumkinligini aytdi. Ayni damda "Special One" "Roma"da ishlayotganidan xabaringiz bor.

Tecno

"Men sizga bu xabarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayta olaman. Mourino Braziliyaning yangi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Joze men bilan bu borada gaplashdi va murabbiylar shtabiga qo‘shilishini taklif qildi", — dedi Alberto "Mundo GV" yutub kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Mourino 2021 yilning iyulidan beri "Roma"ni boshqarib kelmoqda. Portugaliyalik mutaxassis va "bo‘rilar" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha hisoblab chiqilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!