Mourino tomonidan haydalgan futbolchiga "Inter" qiziqish bildirmoqda

  • 22.11.2022 23:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Roma"ning o‘ng qanot himoyachisi Rik Karsdorp faoliyatini Italiyaning top klublaridan birida davom ettirishi mumkin.

Ko‘rinishidan, niderlandiyalik futbolchi boshqa rimliklar safida o‘ynamaydi, chunki u Joze Mourinoning nazaridan chetda qolgan. Karsdorp allaqachon "Roma" bazasini tark etgan va yanvar oyida o‘ziga yangi klub izlaydi. TMW nashri xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi uchun yana bir da’vogar "Inter" bo‘lib, "neradzurrilar" "Yuventus" bilan Rik uchun raqobatlashishga tayyor.

Rik Karsdorp joriy mavsum “Roma” safida 11 o‘yinda maydonga tushdi. "Transfermarkt" portali himoyachining narxini 9 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!