
Mourino "Tottenxem"ning mag‘lubiyatiga izoh berdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino hujumchi Xarri Keynning jarohati jamoaga qimmatga tushayotgani haqida aytib o‘tdi.
Hujumchi APL 20-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi o‘yinda to‘pig‘idan jarohat oldi va "Brayton"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi.
"Mag‘lubiyat jamoani ruhiyatiga ta’sir qilmoqda. O‘tgan o‘yindagi yo‘qotishga javob bera olmadik. Futbolchilar haqida gapirmoqchi emasman, biroq Keynning yo‘qligi sezilmoqda. Gap futbolchida emas, shunchaki, Keyn almashtirib bo‘lmaydigan etakchiga aylangan", - deydi Mourino.
Keynning tiklanish jarayoni bir-ikki hafta talab qiladi. Angliya chempionati 21-turidan so‘ng "Tottenxem" 33 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar