Mourino transferlarga ishonmayapti

  • 24.01.2023 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” sport direktori Tyagu Pinto Eldor Shomurodov, Rik Kasrdorp, Matias Vina, Nikolo Dzanolo kabi futbolchilarni boshqa klublarga sotib yuborishga harakat qilmoqda. O‘z navbatida, klub mutasaddilari bo‘shaydigan o‘rinlarga boshqa ijrochilarni olib kelishi kerak.

Tecno

Rim klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yanvar oyida o‘zi ko‘zlagan futbolchilarni qo‘lga kirita olishiga ishonmayapti.

Xususan, ko‘pchilik “Roma” Nikolo Dzanoloning o‘rniga “Chelsi”dan Hakim Ziesh yoki “Udineze”dan Jerar Delofeuning transfer qilishini xohlayotganini ta’kidlamoqda.

- Matbuotda bir necha nomlarga ko‘zim tushdi, lekin hozir yangi o‘yinchi olishni o‘ylamayapmiz. Ochig‘ini aytsam, yanvarda birorta transferni uddalashimizga ishonmayman. Agar Dzanolo ketadigan bo‘lsa, mavsum oxirigacha hech kim kelmaydi. Bu qabul qilib bo‘lmas holat aslida, -  dedi Joze Mourino.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!