
Mourino: "Xato qildik, ammo hozir yig‘laydigan vaqt emas"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourino APL 15 turi "Manchester Yunayted"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berib o‘tdi.
"Biz top oltilikka intilayotgan klubga mag‘lub bo‘ldik. Bundan to‘g‘ri hulosa qilib, oldinga yurishda davom etishimiz kerak. Biz hato qildik, ammo hozir bu haqida o‘ylab yig‘laydigan vaqt emas, shanba kuni yana bir og‘ir o‘yin kutib turibdi.
Reshford chap qanotda juda hafli o‘yinchiga aylanadi. Buni yaxshi bilardim, shu sabab shogirdlarimga kerakli ko‘rsatmalarni berdim.
"Old Trafford" doimgidek, meni juda yaxshi kutib oldi. Bu yoqimli bo‘ldi, albatta. Men shunday bo‘lishini kutgan edim", - deydi Mourino.
Fikrlar