"Mourinoning "Roma"da qilayotgan ishlari - buzg‘unchilik!"
Italiya A Seriyasi 21-turi doirasida "Roma" o‘z maydonida "Yuventus"ga 3:4 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchradi.
Sobiq futbolchi Daniele Adani "bo‘rilar" va Joze Mourinoning holati haqida fikr bildirdi:
"Mourino olib borayotgan ishni konstruktiv emas, buzg‘unchilik deb bilaman. Unga transferlar yordam bera olmaydi. Yaqindagina sotib olingan Meytlend-Naylz "Roma"ning hozirgi holatida hech nimani o‘zgartira olmaydi.
Men Serjiu Oliveyrani 10 yildan beri taniyman. U yaxshi futbolchi, lekin Oliveyra klubga yordam bera oladi deb o‘ylamayman".
Ma’lumot uchun, rimliklar A Seriya turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar