
Mourinoning sharti bajarilmasa, u "Roma"dan ketadi!
Joze Mourinoning “Roma” bilan amaldagi shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.
Biroq, Corriere dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, Mourino yozgi transferlar davrida yangi o‘yinchilar sotib olish uchun rahbariyatdan kafolat olishni xohlaydi va hatto qaysi futbolchilarni olib kelishni ham belgilab qo‘ygan. Agar klub rahbariyati portugaliyalik murabbiyning ushbu shartini bajarmasa, Joze Rim klubini erta tark etishi mumkin.
“Roma” ayni damda Italiya chempionati turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Joze Mourino jamoasi to‘rtinchi o‘rindagi “Milan”dan atigi bir ochko ortda qolmoqda.
“Roma” navbatdagi o‘yinini 2 aprel kuni “Sampdoriya”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar