Mourinoning shogirdi ustozidan yuz o‘girdi

  • 2 avgust, 2022, 18:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joze Mourino o‘zining qo‘l ostida “Manchester Yunayted”da o‘ynagan Erik Bayini “Roma”ga olib kelmoqchi edi.

Tecno

Biroq, 28 yoshli futbolchi Rimga bormaydigan bo‘ldi.

Erik Bayiga qiziqayotgan jamoalar orasiga “Sevilya” ham qo‘shildi. Ivuarlik himoyachiga aynan ispan klubi ma’qul kelmoqda.

Bayi 2016 yili Mourino taklifiga bineoan “Vilyarreal”dan “Yunayted”ga ko‘chsib o‘tgan edi. 38 million evroga xarid qilingan futbolchi asosiy tarkibdagi joyini qisqa fursatda yo‘qotdi.

Erik Manchesterdagi olti yillik faoliyati davomida jami 113 ta uchrashuvda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!