Mourinoning taklifi erda qoldi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino “Arsenal” yarim himoyachisi Granit Jakani qo‘lga kiritishga bir necha bor urinib ko‘rdi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, portugaliyalik mutaxassis shveytsariyalik futbolchining muxlisi hisoblanadi va yaqinda uni yana Rimga olib kelishga harakat qilgani oshkor bo‘ldi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Granit Jaka “kanonirlar” safida qolishga qaror qilgan “bo‘rilar”ga rad javobini bergan.
Jaka “Arsenal”da 2016 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda barcha turnirlarda sakkiz marotaba maydonga tushib, uchtadan gol va assist muallifi bo‘ldi.
Tajribali yarim himoyachining londonliklar bilan hamkorligi 2024 yilning yozigacha davom etadi.
Fikrlar