Mourinyo himoyachini "Real"dan haydayapti
Ketaver, kerakmassan!
Madridning «Real» jamoasida to‘p surib kelayotgan markaziy himoyachi Raul Asensio jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinoning rejalariга tushmayapti.
Portugaliyalik mutaxassis 23 yoshli futbolchi bilan shaxsan suhbatlashib, unga yaqin mavsumda unga ishonch bildirishni rejalashtirayotganи yo‘qligini aytgani haqida jurnalist Alberto Pereyro xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Asensio klubni tark etishni istamagan, biroq yozgi transfer oynasi yopilgunга qadar jamoani tashlab ketishga majbur bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil iyun oyida Raul Asensio «Real» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagan edi. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 20 million yevro atrofida.
Unga Turkiyaning «Galatasaray» va Italiyаning «Latsio» klublari tomonidan qiziqish bildirilayotganи aytilmoqda.
Izohlar (0)