Mourinyoga "Inter"ga qarshi o'yin yoqmadi

  • 09.09.2026 07:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Chempionlar ligasida «Inter» ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida o‘yin haqida fikr bildirdi.

«Xulosa qiladigan bo‘lsak, bu bahs 6:6 yoki shunga yaqin hisob bilan tugashi ham mumkin edi. Bizda yana ko‘proq gol urish uchun yetarli imkoniyatlar bo‘ldi. O‘yin mutlaqo jinonalarcha kechdi, bu esa menga yoqmaydi. Menga 5-6-7 ta gol urib, bir vaqtning o‘zida maydondagi vaziyatni to‘liq nazorat qilish, darvozabonning mo‘’jizaviy seyvlariga qaram bo‘lmaslik ko‘proq ma’qul», – dedi murabbiy.

Mourinyo Trentning maydon markazidagi harakatlarini alohida qayd etdi.

«Men Trentga yarim himoyada qilgan mehnati uchun minnatdorman, garchi uning xususiyatlari bu pozitsiya uchun ideal mos tushmasa ham. Biz jamoaviy zichlikni saqlab turgan paytlarimizda hammasi yaxshi edi. Valverde esa taktik tuzilmani juda yaxshi his qildi», – deya ta’kidladi u.

Portugaliyalik mutaxassis raqibning salohiyatini ham e’tirof etdi.

«Biz juda kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik, ularda turli taktik yechimlar bor edi. O‘yin og‘ir o‘tdi, ammo juda muhim uch ochko qo‘lga kiritdik. Endi pley-offga chiqish uchun yana uch ochkoga kamroq kerak bo‘ladi. Bu vazifani bajara olishimizga ishonaman. Musobaqani uch ochko bilan boshlash juda muhim edi», – deya Mourinyoning so‘zlarini AS nashri keltiradi.

Chempionlar ligasining ikkinchi turida «Real» safarda «Roma» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!