Mourinyoning Kamavingaga munosabati ma'lum bo'ldi
Manbalarga koʻra, «Real» jamoasining bosh murabbiyi Joze Mourin'yu jamoa yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga toʻliq ishonch bildiradi.
Maʼlumotlarga qaraganda, portugalialik mutaxassis fransuz futbolchisini sotish yoki jamoadan ketkazish variantlarini umuman koʻrib chiqmagan. Kamavinganing «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha moʻljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 50 million yevro atrofida baholamoqda.
Ayrim ommaviy axborot vositalari esa shu kunga qadar oʻtkazilgan transfer oynasi davomida «Real» Eduardo Kamavingani sotishga tayyor boʻlgani, unga «Manchester Yunayted» klubi jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabar tarqatgan edi.

Fikrlar