Mourinyu Rakitichni “Manchester Yunayted”da ko‘rishni istayapti
“Manchester Yunayted” klubi “Barselona” futbolchisidan umidini uzmayapti. Don Balon nashrining xabar berishicha, “qizil iblislar” ustozi Joze Mourigyuning shahsan o‘zi Ivan Rakitichni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.
Portugaliyalik mutaxassisning fikricha, xorvatiyalik futbolchi Pol Pogba bilan birgalikda “MYu”ning markaziy chizig‘ini kuchaytira oladi. Rakitich maydonda Pogbaga ko‘proq erkinlik taqdi etishi mumkin.
Yuqoridagi manbaaning xabariga ko‘ra, “Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike Rakitichni ko‘p ham qadriga etmayapti.
Ma’lumot uchun, Xorvatiya terma jamoasi a’zosi “Barselona” takribida ushbu mavsumda 18ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilda yakuniga etadi.

Fikrlar