Asosiy mazmunga oʻtish

Moyes: "Arsenal"ni juda ham erkin qo‘yib yubordik"

Makhmudov Jamshidbek
Izohlar: 0

Murabbiy buni kutmagan edi

"Vest Xem" bosh murabbiyi Devid Moyes APL 17-turidan o‘rin olgan "Arsenal"ga qarshi o‘yin natijasini (1:3) sarhisob qildi.

"53-daqiqagacha hisobdan xursand bo‘lib turgandim, ammo o‘yindan emas. O‘ylashimcha, biz birinchi bo‘limda "Arsenal"ni juda ham erkin qo‘yib yubordik. Bu juda yaxshi shakllangan jamoa, lekin men ularga qarshi oxirigacha kurashishimizni xohlardim.

Bir xil tempda davom etishimiz kerak edi, biroq kutilmagan tarzda dahshatli gollarni o‘tkazib yubordik. Himoyada yaxshi o‘ynadik, ammo ikkinchi bo‘limda qilgan ishlarimiz menga yoqmadi", - deya Moyesning so‘zlarini keltiradi "Sky Sports" nashri.

Ma’lumot uchun, ushbu bahsdan keyin "Arsenal" 40 ochko bilan APL turnir jadvalida 1-o‘rinda, "Vest Xem" esa 14 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda. Moyes shogirdlari kelgusi turni "Brentford"ga qarshi o‘tkazadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q