Mozes: “Chelsi”da o‘z uyimni topgandekman
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Viktor Mozes kecha bo‘lib o‘tgan “Tottenxem”ga qarshi (2:1) o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Gol urganimdan hursandman, biroq, uch ochko barchasidan muhim. “Shporlar” darvozamizni ishg‘ol etishganida qo‘limizdan hech narsa kelmadi. Hayriyatki, Pedro hisobni tenglashtirdi.
“Chelsi”da o‘z uyimni topgandekman. Bu – mening jamoam. Murabbiy menga o‘zimni ko‘rsatishim uchun imkoniyat berganidan hursandman. Men shunchaki futbol o‘ynashda davom etishni istayman”, - deydi Mozes.
Eslatib o‘tamiz, kecha “aristokratlar”ning g‘alaba to‘piga aynan mana shu nigeriyalik futbolchi mualliflik qilgan edi.



Fikrlar