
Mozes "Spartak" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda
"Chelsi" futbolchisi Viktor Mozes "Spartak" klubiga o‘tayotganligi haqida xabar bergan edik.
Bugun 29 yoshli futbolchi Rimdagi klinikalarning birida "Spartak" uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tgan. Agar hech qanday muammo tug‘ilmasa, "qizil-oqlar" tez orada nigeriyalik futbolchi transferini e’lon qiladi. Xabar qilinishicha, moskvaliklar uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi.
Mozes bu mavsum "aristokratlar" safida birorta o‘yinda maydonga tushmadi. U o‘tgan mavsumni "Inter" tarkibida ijarada o‘tkazgan.
Fikrlar