Muaytay bo‘yicha jahon chempionatida 3 nafar vakilimiz finalga yo‘l oldi

BEPUL PROPAN

Ayni kunlarda BAAning Abu- Dabi shahrida muaytay bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. 

Ushbu chempionatda qatnashayotgan O‘zbekiston muaytay terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. 

Bugunga kelib, vakillarimizning uch nafari finalga yo‘l oldi. -48 kgda Asror Karimov, -60 kgda Davlat Shamsiev va + 91 kgda Elshod Tojiboev jahon chempionligi uchun finalda jang qiladi. 

Shuningdek, 5 nafar yurtdoshimiz Karimjon Karimov, Zubayr Husanov, Yusufjon Yusupov, Ibroxim Mamatqulov, Akobir Qahramonov ushbu jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ertaga finalga yo‘l olgan vakillarimiz hal qiluvchi bahslarda ringga ko‘tariladi. Ularga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!