Muҳammad Mokaev: "Dana Uayt so‘ragan ishni bajardim, biroq..."

  • 31.08.2026 21:48
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Taniqli MMA ustasi Muhammad Mokaev UFC ni tark etgach, promoushen rahbari Dana Uayt so‘ragan barcha narsani to‘liq bajarganini aytdi.

"Dana ikki yil oldin: "Boshqa joyda chempion bo‘l," degandi. Men BRAVE CF, AC BJJ chempioni bo‘ldim, 5 ta jang o‘tkazdim, 4 tasida raqiblarni finish qildim, faollikni saqlab qoldim va dunyoga super engil vaznda eng yaxshi jangchi ekanimni ko‘rsatdim. Biroq hali ham menga UFC dan taklif tushgani yo‘q", - dedi Angliya vakili.

Eslatib o‘tamiz, Mokaev UFC da 7 ta bahs o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan edi (4 tasi muddatdan avval yakunlangan). 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!