Muҳammad Mokaevning keyingi jangі bekor qilindi, endi u "MANGU 02" turnirida ishtirok etishi mumkin

  • 27.02.2026 20:43
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

27 mart kuni Yekaterinburg shahrida RCC va Karate Combat promoushenlari qoshma turnir tashkil etadi.

Avvalroq, UFC sobiq jangchisi Muhammad Mokaev ushbu oqshomda ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Biroq bugun RCC matbuot xizmati sportchi mazkur turnirda jang qilmasligini ma'lum qildi.

Bir necha soat oldin MANGU liga asoschisi Jasur Alijonov esa Muhammad Mokaev "MANGU 02" turnirida jang o'tkazishiga ishora qilib o'tdi. Bu hali rasmiy tasdiqlanmagan bo'lsa-da, tez orada katta yangilik bo'lishiga umid bor.

Eslatib o'tamiz, Mokaev professional MMA da o'n olti bor oktagonga ko'tarilib, ularning barchasida g'alaba qozongan.

Muxlisa Abrayqulova tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!