Muhammad Saloh “Chelsi”ga qaytsin!

  • 26.11.2021 20:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Chelsi” tarixidagi eng zo‘r hujumchilardan biri Dide Drogba “Liverpul” to‘purari Muhammad Salohni “aristokratlar” safiga qaytishga chaqirdi.

Misrlik hujumchi joriy mavsumni ham yuqori saviyada o‘tkazmoqda. U Angliya premer-ligasi va Chempionlar ligasida 17 ta to‘p kiritishga erishdi. Shunga qaramay, mohir hujumchi liverpulliklar bilan yangi bitim bo‘yicha kelisha olmayapti.

Shartnomasi 2023 yilgacha davom etadigan Muhammad Saloh boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligini ham yashirmayapti.

Dide Drogba uni “Chelsi”da o‘z kuchini sinab ko‘rishga chaqiryapti.

- Men Muhammad Salohga “Liverpul”dan ketib, “Chelsi”ga qaytishini aytgan bo‘lardim. U “Liverpul”da qolsa ham, ketsa ham eng zo‘r o‘yinchi bo‘lib qolaveradi. U bilan har qanday jamoa yaxshi o‘ynab ketadi. Chunki Muhammad nima qilishni yaxshi biladi, gol urish va golli vaziyat yaratishda benazir. Unga murabbiyning ishonchi bo‘lsa, shuning o‘zi etarli.

Uning qanday qarorga kelishini bilmayman. Bu uning ishi va kelajagiga bog‘liq masaladir. Men esa, uning muxlisi bo‘lib qolaveraman, - dedi Dide Drogba.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Saloh 2014-2016 yillar davomida “Chelsi “ futbolchisi hisoblangan. Biroq, hozir “Roma”ni boshqarayotgan Joze Mourino misrlik  hujumchiga o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon bermagan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!